Kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat litsenziyasi narxlari maʼlum boʻldi

Har bir turdagi litsenziyalarni rasmiylashtirish uchun alohida toʻlovlar belgilandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlariga litsenziya berganlik uchun davlat boji miqdorini belgiladi. Tegishli buyruq Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan.
Unga koʻra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari toʻlash sanasida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorida (hozirgi kunda BHM 375 000 soʻmni tashkil qiladi) belgilanadi.
Har bir turdagi litsenziyalarni rasmiylashtirish uchun quyidagi summalar undiriladi:
mayning pul — BHMning 3 ming baravari (1,125 mlrd soʻm);
kripto-doʻkon — BHMning 3700 baravari (1,3875 mlrd soʻm);
kripto-depozitariy — BHMning 7 ming baravari (2,625 mlrd soʻm);
kripto-birja — BHMning 73 400 baravari (27,525 mlrd soʻm).
Agentlik 2022-yil avgust oyida kripto-soha oʻyinchilarini litsenziyalash tartibi va ularga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlagan edi. Unga koʻra, kompaniyaning 4 ta faoliyat turining har biri uchun alohida litsenziya rasmiylashtirish talab etiladi.
Unga koʻra, mayning fermalar oyiga BHMning 10 baravari (hozirda 3,4 mln soʻm), mayning-pul BHMning 100 baravari (34 mln soʻm) hamda kripto-depozitariylar BHMning 5 baravari (1,7 mln soʻm) toʻlashlari kerak.
Xizmat koʻrsatuvchi provayderlar oʻz serverlarini Oʻzbekistonda joylashtirishlari, hisob-kitoblar va mijozlar haqidagi maʼlumotlarni 5-yil davomida saqlashlari, shuningdek, reklama talablariga rioya qilishlari kerak. Kriptobirjalar uchun ustav fondiga nisbatan minimal talablar ham mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring