Ko‘z kataraktasidan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimizga jarrohlik yo‘li bilan oftalmologik yordam ko‘rsatish maqsadida muruvvat aksiyasiga start berildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Birlashgan Arab Amirliklarining “NOOR Dubai” xalqaro tashkiloti bilan birgalikda ko‘z kataraktasidan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimizga jarrohlik yo‘li bilan oftalmologik yordam ko‘rsatish maqsadida muruvvat aksiyasiga start berdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudayarov, avvalo, ushbu hamkorlik ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari samarasi ekanligini alohida ta’kidlab, bunday loyihalar mamlakatimizda ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va davolash, ushbu yo‘nalishdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qilishini qayd etdi.
Aksiya doirasida Toshkent va Samarqand shaharlarida yurtimizning barcha hududlaridan kelgan jami 1000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor yuqori texnologik skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilib, katarakta kasalligi aniqlanganlarga davolashning “oltin standarti” asosida yuqori texnologik fakoemulsifikatsiya usulida sun’iy gavhar implantatsiyasi bilan jarrohlik amaliyoti bajariladi.
Aksiya 14-17-aprel kunlari Toshkent shahrida, 17-19-aprel kunlari Samarqand shahrida – markaz filialida o‘tkaziladi.
Har bir bemorga jarrohlikdan keyin davolanishni davom ettirish uchun barcha dori va sarflov vositalari bepul taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring