“Kosmik shoʻrva” nazariyasi: Yerda atmosfera qanday paydo boʻlgan?

13:27 25 Noyabr 2024 Ilm-fan
342 0

Yapon olimlari Yerdagi hayotning paydo boʻlish sirini tushunish uchun qadimgi Yer atmosferasini oʻxshash simulyatsiya modelini yaratishdi. Toʻxoku, Tokio va Xokkaydo universitetlari olimlari qoʻshma ishlanmalarda gidrogen va metan kabi moddalarning UF-nurlanish taʼsirida organik moddalarga aylanishini oʻrgandilar. Ular Yerning qadimgi atmosferasi Venera va Marsga oʻxshaganini aniqlashdi. Bu haqdagi tadqiqot “Astrobiology” jurnalida chop etildi.

UF-nurlanish (ultrafiolet nurlanish) — bu elektromagnit nurlanishning koʻzga koʻrinmaydigan turi boʻlib, uning toʻlqin uzunligi 10 nanometrdan 400 nanometrgacha boʻladi.

Tadqiqotda taʼkidlanishicha, qadimgi Yer bugungi hayotbaxsh muhitga oʻxshamagan. Shungo Koyama (Toʻxoku universiteti)ning soʻzlariga koʻra, qadimgi Yer atmosferasi metan va gidrogen bilan boy boʻlgan. Ushbu moddalar UF-nurlanish taʼsirida biologik hayotning asosiy boʻlaklari — aminokislotalar va nuklein kislotalarga aylanishi mumkin boʻlgan organik moddalarni hosil qilgan.

Shunga qaramasdan, qadimgi UF-nurlanishning rolini aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Birinchidan, qadimgi atmosfera beqaror boʻlib, tez oʻzgaruvchan boʻlgan. Ikkinchidan, UF-nurlanish suv bugʻining oksidlashuviga sabab boʻlgan, bu jarayonning aniq miqyosi va vaqtini aniqlash qiyin.

Model hisob-kitoblariga koʻra, gidrogen asosan fazoga singib ketgan, metandan hosil boʻlgan atsetilen esa UF-nurlanishni toʻsib qoʻygan. Bu esa suv bugʻining oksidlashuvini kamaytirib, organik moddalarning hosil boʻlishini oshirgan. Tadqiqotchilar fikricha, Yerning qadimgi yuzasida yuzlab metr qalinlikda organik moddalar qatlami hosil boʻlishi mumkin.

Ushbu “kosmik shoʻrva” hayotning ilk manbai boʻlgan boʻlishi mumkin. Tadqiqotchi Tatsuya Yoshidaga koʻra, bu organik qatlamlardan biologik hayotning ilk belgilar paydo boʻlgan. Tadqiqot natijalari Yer va qoʻshni Venera hamda Mars kabi sayyoralar atmosferasining umumiy hamda farqli jihatlarini tushunishda yordam beradi.

Qadimgi Yer atmosferasini oʻrganish nafaqat oʻz sayyoramizning evolyutsiyasini, balki boshqa sayyoralarda hayotning paydo boʻlish ehtimolini tushunish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy jamoa Yerning qanday qilib boshqa sayyoralardan tubdan farq qiluvchi muhitga ega boʻlganini tushunishga intilyapti. Ushbu tadqiqot hayotning kelib chiqishini aniqlashda yangi yoʻnalishlarni ochishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?