Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik va shaffoflik kafolati

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi tizimida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun eng avvalo qonuniylik, masʼuliyat va halollik tamoyillariga qatʼiy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida xodimlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish ana shu masalalar muhokamasiga bagʻishlandi.
Tadbirda huquq-tartibot organlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijalari asosida tayyorlangan videomaterial namoyish etildi. Unda ayrim mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgani misol tariqasida koʻrsatildi. Xodimlarga korrupsiya oqibatlari, xizmat vakolatidan gʻarazli maqsadlarda foydalanishning salbiy jihatlari va bunday holatlardan ogoh boʻlish zarurligi borasida tushuntirish berildi.
Shuningdek, yigʻilish davomida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, vazifalarni halollik va vijdonan bajarish, davlat mablagʻlaridan oqilona foydalanish hamda belgilangan odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Ushbu yigʻilish tizimda shaffoflikni mustahkamlash, korrupsion xavflarning oldini olish hamda xodimlar oʻrtasida masʼuliyat va ogohlikni yanada kuchaytirishga qaratildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring