Korrupsiyaga qarshi kurash yo'lidagi yana bir muhim qadam

Prezident tomonidan joriy yilda Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtishimiz kerak” deb bejizga taʼkidlamaganlar va bu borada nafaqat Oʻzbekiston balki butun dunyo birgalikda kurash olib bormoqdalar.
Ammo korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha mamlakatlar uchun birdek ish beradigan, hamma Korrupsiyaga oid jinoyatlarni toʻxtadigan tizim yaratilmagan. Baʼzi bir davlatlar oʻzlarining maʼlum usullarda korrupsiyaga qarshi shiddatli kurashib kelmoqdalar. Dunyo tajribasi bu kurashda samarali va samarasiz usullarni ham guvohi boʻlgan. Korrupsiyaga qarshi kurashda koʻzga tashlanarli yutuqlarga erishgan koʻpgina davlatlarni misol qilib koʻrsatishimiz mumkin
Singapurdaga Korrupsiya holatlarini qidirish byurosi (Corrupt Practices Investigation Bureau) yoki Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mustaqil komissiyasi (Anti-Corruption and Civil Rights Comission) bunga misol boʻla oladi. Ammo amaliyotlar shuni koʻrsatadiki, hattoki korrupsiya eng ogʻir jinoyat hisoblanib, unga eng ogʻir, oʻlim jazosi beriladigan davlatlarda ham, baribir korrupsiya toʻliq yoʻq boʻlib ketmagan. Binobarin, dunyo hamjamiyati bu kurashni toʻxtatib qoʻyganni yoʻq. Bu yoʻlda yangidan-yangi yechimlar va taʼsir koʻrsatish usullari tinimsiz izlanmoqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shularga uygʻun tarzja davlatimiz rahbari tomonidan ham mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha muhim qarorlar, amaliy chora-tadbirlar qabul qilinyapti.
Bunda dunyo tajribasida samara bergan tamoyillarga alohida eʼtibor qaratilayotgani muhimdir.
Bu boradagi eng asosiy usullardan biri, shubhasiz, jinoyatni sodir qilgan shaxslarni jazosiz qoldirmaslik, ular uchun jazo muqarrarligini taʼminlashdir. Demak, korrupsionerlarning jazolanishi uchun mamlakatda samarali qonunlar tizimi boʻlishi zarur. Qaysi bir jamiyat bu illatga qarshi kurashar ekan, birinchi navbatda shu qonunlarni nazorat qiladigan organlar ustida ish olib borishi zarur hisoblanadi. Ushbu qonunlar ijro etuvchi organlar, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va mustaqil sud tizimi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi darkor. Kuchli qonunchilik bazasiga ega boʻlgan va ushbu qonunlarga soʻzsiz amal qiladigan jamiyatlarda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni kamligi, bu tizimning samarali ekanligini koʻrsatib beradi.
Hukumatlar korrupsiyaga qarshi kurashda oldinga siljishning yana bir samarali usullaridan biri moliya boshqaruvini isloh qilishdir. Moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish va byudjet oshkoraligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan islohotlar korrupsiyani oldini olishga koʻproq taʼsir koʻrsatdi.
Byudjet maʼlumotlarini oshkor qilish isrofgarchilik va mablagʻlarning noqonuniy ishlatilishining oldini oladi. Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet shaffofligini oshirish borasida koʻpgina ishlar olib borilmoqda. Yangi tashkil etilgan Agentlikning asosiy vazifalaridan biri boʻlmish byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida Korrupsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kirishi buning yaqqol isbotidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlarda hukumatning ochiqligi, oshkoralik va maʼlumotlarga ega boʻlish odatlari mavjud. Axborotdan foydalanish davlat organlarining sezgirligini oshiradi va shu bilan bir vaqtda mamlakatda jamoatchilik fikrining ijobiy tomonga oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatadi.
Qonunlarning korrupsiyaga qarshi talabini kuchaytirish jamiyat va hukumat oʻrtasida oʻzaro ishonchni mustahkamlashga yordam beradigan barqaror yondashuvdir. Masalan, jamoatchilik monitoringining tashabbuslari baʼzi hollarda korrupsiyani aniqlashga, mablagʻlarning maqsadsiz foydalanish holatlarini kamayishiga yordam berdi.
Korrupsiya global yechimlarni talab qiladigan global muammodir. Davlatimizda esa bu muammoni yechish uchun qaratilgan yana bir qadam oldinga tashlandi.
Sardor Surmanov,
Oyshajon Ametova,
TDYUU kafedra oʻqituvchilari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring