Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yana-da takomillashtirilmoqda

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning ikkinchi yalpi majlisida “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda korporativ munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish, yuridik shaxslarning o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim tashkiliy-huquqiy shakllarini tugatish va korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korporativ munosabatlar va yuridik shaxslarni boshqarish jarayonini takomillashtirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlarga yangi turdagi institutlarni joriy etish va ularning huquqiy maqomini belgilash, shuningdek yuridik shaxslarning eskirgan yoki kam ahamiyatli yoxud o‘z ahamiyatini yo‘qotgan tashkiliy-huquqiy shakllarini bekor qilish zarurati yuzaga kelgan.
Muhokama qilingan Qonun bilan unitar korxona va qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyat shakllarini tugatish, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning taʼsis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabini bekor qilish hamda korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish talabi kiritilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni eʼlon qilish belgilanmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatini va ularni boshqarishni soddalashtirish, korporativ munosabatlarni takomillashtirish, xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari va ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilishning yana-da ishonchli vositalarini joriy etish, amaliyotda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qator tartib-taomillar hamda talablarni bekor qilish orqali korporativ munosabatlardagi byurokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring