Koronavirus: Vaksina qachon paydo boʻladi?

10:42 08 Mart 2020 Jamiyat
3369 0

Koronavirus kasalligiga chalinganlar 90 mamlakatda qayd qilindi. Har kuni minglab odam virus yuqtirganlar qatoriga qoʻshilmoqda.

Infeksiya tarqalishining oldini olishda yordam beradigan koronavirusga qarshi vaksina hanuz yoʻq. Vaksina yaratilishini qachon kutsak boʻladi? BBC ushbu savolga javov izladi.

Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo boʻladi?

Ayni damda olimlar vaksinaning bir necha turini ishlab chiqishdi va ularning samaradorligini hayvonlarda sinab koʻrishmoqda. Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa keyin shu yildan boshlab odamlarda sinab koʻrish mumkin.

Ammo olimlar ishchi vaksinani yangi yilga qadar ishlab chiqsa ham, uni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni boshlash ozmuncha vaqt talab qilmaydi.


Shu bois koronavirusga qarshi vaksina topish uchun vaqt va resurslarni tejash maqsadida yangi uslublardan foydalanilmoqda.

Agar vaziyatga real qaraydigan boʻlsak, samarali vaksinani paydo boʻlishini 2021-yil oʻrtalaridan oldin kutmasligimiz kerak.

Vaksinani qisqa muddatda ishlab chiqishga harakat qilishayotganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Uni tayyorlash uchun yangi uslublar qoʻllanilayotganini ham hisobga olsak hamma narsa xamirdan qil sugʻurgandek hal boʻlmasligi mumkin.

Ayni damda odamlar orasida koronavirusning 4 turi tarqalgan, ularning birortasiga ham qarshi vaksina yoʻq.

Vaksina hammaga yordam beradimi?

Afsuski, vaksina qariyalarga nisbatan ancha samarasiz boʻladi. Gap vaksinada emas, balki yosh boʻlmagan bemorlarning immuniteti vaksina urilgan vaqti zaif javob berishida. Bu narsani har yili odamlarga grippga qarshi emlanganida kuzatamiz.

Bundan tashqari barcha dori-darmonlar qoʻshimcha taʼsirga ega, hatto paratsetamol ham. Lekin klinik sinov oʻtkazmasdan tajribadagi vaksinalarning qoʻshimcha taʼsiri haqida ishonch bilan gapira olmaymiz.

Vaksina boʻlmagan holatda qanday himoyalanish mumkin?

Vaksina bizni infeksiyadan himoya qilishi mumkin, ammo xavfdan omon qolishning hozircha eng yaxshi usuli bu — gigiyena qoidalariga rioya qilish.


Qoʻllaringizni sovun va iliq suv bilan kamida 20 soniya davomida yuving yoki infeksiyaga qarshi gel ishlating

Kasallik yuqtirgan koʻpchilik sezilmas alomatlarni boshidan kechiradi.

Ayni damda virusga qarshi bir nechta dori sinovdan oʻtmoqda, lekin ularning birortasini ham Covid-19 bilan kurashishda samarali deb ayta olmaymiz.

Vaksinalar qanday yaratiladi?

Vaksina bemorning sogʻligʻiga shikast bermasdan uning immun tizimini zararli virus yoki bakteriya bilan “tanishtiradi“. Tana “dushman“ni tanib qoladi va unga qarshi kurashishga oʻrganadi.

Aksa urganda yo yoʻtalganda ogʻzingizni roʻmolcha yoki salfetka bilan yoping

Keyin tanamiz oʻsha infeksiyasi bilan hayotda duch kelsa, immun tizimimiz uning qanaqa kasallik ekanligini va unga qarshi qanday kurashishni biladi.

Oʻnlab yillar davomida vaksina haqiqiy virus namunasi yordamida tayyorlanib kelinmoqda.

Qizamiq va qizilchaga qarshi vaksina virusning butunlay kasal qilmaydigan zaiflashgan namunasidan tayyorlanadi.

Mavsumiy gripplarga qarshi vaksina oʻsha yilda keng tarqalgan turi asosida, uni toʻliq zararsizlantirilib tayyorlanadi.

Yangi koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash uchun yillar davomida sinovdan oʻtmagan, vaqt va zaxirani iqtisod qiluvchi uslubdan foydalanilmoqda. Virusning genetik kodi parchalari asosida vaksina tayyorlash usulidan ishlatilyapti.

Sars-CoV-3 koronavirusi genetik kodini bilganimiz uchun toʻqimaga kiritilganidan soʻng patogen oqsillarini ishlab chiqaruvchi va zaruriy immun reaksiyani beruvchi vaksinani ishlab chiqish mumkin.

Olimlar Sars-CoV-3 genetik kodi parchalarini inson uchun xavfsiz boʻlgan virus bilan almashtiruvchi uslubdan foydalanadi.


Yuvilmagan qoʻllar bilan koʻz, burun va ogʻzingizga teginmang

Bu kabi “genetik vaksina“ nazariy jihatdan immunitetni koronavirusga qarshi kurashuvchanligini oshirishda koʻmaklashishi kerak.

Ayrim holatlarda virus DNK va RNK parchalari toʻgʻridan toʻgʻri tanaga kiritiladi. Ular tanaga kirishiga bilan patogen oqsillarini ishlab chiqarishni boshlaydi va immun tizimi ushbu oqsillarga qarshi turishni oʻrganadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер