Koronavirus tarqalishi haqida 2008-yilda maʼlum qilingan yana bir kitob topildi
Avvalroq Din Kuns tomonidan 1981-yilda yozilgan va unda koronavirus tarqalishi bashorat qilingan “Qorongʻilik koʻzlari“ romani katta shov-shuvga sabab boʻlgan edi. Kitob dahshatli virusning aniq paydo boʻlishi va uning butun sayyorada qanday tarqalishi haqida xabar bergandi. Ammo xavfli kasallik epidemiyasining paydo boʻlishi 2008-yilda yana bir kitobda bashorat qilingan ekan, deb xabar berdi “planetanovosti.com” portali.

“2020-yilda qayerdadir pnevmoniyaga oʻxshash kasallik sayyoramizda tarqala boshlaydi. Barcha maʼlum davolash usullari virusga qarshi kuchsiz boʻladi. Kasallik toʻsatdan paydo boʻladi va xuddi shu tarzda yoʻqoladi, ammo yana 10 yildan soʻng qaytib, shundan keyingina abadiy yoʻq boʻlib ketadi ”. Silvia Braun va Lindsi Xarrisonning kitobida aynan shu narsa yozilgan asar “Kunlarning oxiri: Dunyoning oxiri haqidagi bashoratlar va taxminlar“ deb nomlanib, 12 yil oldin nashr etilgan.
Taʼkidlash kerakki, Din Kuns shunchaki ilmiy fantastika yozuvchisi boʻlgan. Silvia Braun esa turli shu mavzuga bagʻishlangan shoularda ishtirok etgan, bir necha bor politsiyaga murakkab ishlarni tergov qilishda yordam bergan va boʻsh vaqtlarida yozish bilan shugʻullangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring