Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi

Oʻzini oʻzi davolash koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi sanaladi. Bu haqda N.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazining latent infeksiyalar mikrobiologiyasi boʻlimi boshligʻi Viktor Zuyev NSN efirida maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik.
“Agar mazangiz qochsa yoki poliklinikaga bora olmasangiz, shifokorni chaqiring va uning soʻzlariga quloq soling. Hech qachon oʻzini oʻzi davolash bilan shugʻulllanmang. Bu bemor kishi uchun katta xato”, — dedi Zuyev.
Mutaxassis koronavirusning asosiy alomati hid bilish qobiliyati yoʻqolishi ekanini taʼkidladi, ammo bu gripp va OʻRVIdan darak ham berishi mumkin.
Oʻz navbatida, virusolog Anatoliy Alshteyn koronavirusning yengil shaklida dori-darmon va oʻzini oʻzi yakkalash imkoniyati boʻlganda uyda davolanish mumkinligini qayd etdi. Biroq koronavirus va grippni farqlash uchun test topshirish zarur. Buning uchun uyga shifokorni chaqirib, kerakli tahlillarni topshirish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring