Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Raisi U Von Sik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda taʼlim sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada faollashtirish, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrganish yoʻlga qoʻyilgani alohida qayd etildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchrashuvlari formati ishonchli muloqot maydoniga aylangani qayd etildi.
Tomonlar Toshkent shahrida oʻtkaziladigan navbatdagi yigʻilish doirasida ham amaliy va samarali natijalarga erishish yuzasidan oʻzaro fikr almashdi. 2023-yil sentyabr oyida Seul shahrida hamda 2024-yil oktyabr oyida Ashxobod shahrida oʻtkazilgan uchrashuvlar mazkur formatning dolzarbligini yaqqol namoyon etgani taʼkidlandi.
Suhbat chogʻida barcha darajalarda yoʻlga qoʻyilgan faol parlamentlararo muloqot alohida qayd etilib, joriy yil davomida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining qator qoʻmitalari rahbarlari darajasidagi delegatsiyalar Oʻzbekistonga tashrif buyurgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Shuningdek, parlament doʻstlik guruhlari faoliyati oʻzaro muloqotni muvofiqlashtirish va amaliy samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Shuningdek, “KOICA” tashkiloti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda “elektron parlament” tizimini joriy etish loyihasining amalga oshirilayotgani yuqori baholandi. Mazkur loyiha qonun ijodkorligi jarayonlarini takomillashtirish va parlament faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Uchrashuuv yakunida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Raisi U Von Sik Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring