Oʻzbekistonlik 100 nafar mutaxassis “World Horti Center”da tajriba orttiradi
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida iqlim oʻzgarishi va suv taqchilligi sharoitida Ispaniya qishloq xoʻjaligida katta yutuqlarga erishayotgani taʼkidlandi.
Xususan, Almeriya hududida 30 ming gektardan ziyod maydonda yaxlit issiqxonalar kompleksi tashkil qilingan boʻlib, birgina soliq tushumining oʻzi 1,5 milliard yevroga teng. Eng muhimi, bu issiqxonalar quyosh energiyasida ishlaydi, gazdan foydalanmaydi.
Ispaniyadagi elchiga ushbu davlatning qishloq xoʻjaligidagi ilgʻor tajriba va texnologiyalarini Surxondaryo va Qashqadaryoga olib kelish boʻyicha dastur qilish topshirildi.
Niderlandiya qishloq xoʻjaligi eksporti boʻyicha dunyodagi TOP-3 davlatlar qatoriga kiradi.
Issiqxonachilik yoʻnalishidagi 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga har yili butun dunyodan 40 mingdan ziyod mutaxassislar kelib malakasini oshiradi.
Belgiyadagi elchiga ushbu markazga kamida 100 nafar mahalliy mutaxassisni olib borib, issiqxona sohasidagi ilgʻor innovatsiya va tajribalarni oʻrganishni tashkil etish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring