Koreya Respublikasi bilan sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilinadi
Foto: Illustrativ surat
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–406-son, 20.10.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021-yil 17-dekabr kuni Seul shahrida imzolangan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring