Konigil qishlogʻiga rasman turizm qishlogʻi sertifikati berildi. Bu qishloqqa qanday foyda beradi?

16:51 16 Oktyabr 2020 Welcome to uzbekistan
2632 0

Samarqandda press-tur qizgʻin davom etmoqda. Ayni dam ishtirokchilar Konigil turizm qishlogʻidan chiqib, Royal Hotel mehmonxonasi ochilish marosimi sari yoʻl oldi. Maʼlumot uchun, Konigil qishlogʻi Samarqand tumanidagi Choʻponota tepaligi etagida joylashgan. Samarqand qogʻozi, kulolchilik, duradgorlik va boshqa hunarmandchilik anʼanalari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan hudud sanaladi.

Bahrom Berdiyev, kulol:

— Sanʼat rang-tasvirsiz, qalam-tasvirsiz boʻlmaydi. Ayniqsa, loydan hamma narsa yasash mumkin. Biz undan milliy qandillar yasaymiz. Akvarel, keramika bilan ishlaymiz. Amaliy sanʼat bilan oilaviy shugʻullanamiz.

Hamid Jalolov, tadbirkor:

— Asli qishlogʻimiz aholisining deyarli hammasi oilaviy hunarmand, oilaviy tadbirkor, umuman, nima soha bilan ishlamasin, oilaviy faoliyat yuritishadi. Biz oilaviy guruch tegirmonida guruch tayyorlaymiz. Tegirmon bir sutkada bir tonna guruch chiqaradi. Bitta tegirmondan 80 kilo guruch chiqadi.

Tadbir davomida Konigil qishlogʻiga rasman turizm qishlogʻi sertifikati berildi. Bu kelgusida hududda qurilish-taʼmirlash ishlarida va boshqa xil islohotlarda Turizm qoʻmitasi tomonidan imtiyozlardan foydalanishga yordam beradi.

Yulduz Oʻrmonova
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер