Kommunal toʻlovlarni toʻlamagan fuqaroni vakolatli organ davlat boji toʻlamay sudga bera oladi — qonun loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda vakolatli organga qulayliklar yaratish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasiga koʻra, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari oʻzlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari boʻyicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, ularning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ushbu tashkilotlardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish boʻyicha sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishda arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxatini qatʼiy belgilab qoʻyish ham taklif roʻyxatidan oʻrin olgan.
Avvalroq deputatlar “tungi rejim”ning vaqtini aniqlashtirgani haqda xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring