Koʻhna Xiva “Qovun sayli” festivaliga mezbonlik qiladi

12:43 06 Iyul 2023 Jamiyat
318 0

Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targʻib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 12-13-avgust kunlari Xiva shahri “Ichan Qalʼa” davlat muzeyi qoʻriqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali tashkil etilmoqda.

Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan hamkorlikda oʻtkaziladigan tadbirdan maqsad Xorazmning agroturizm salohiyati namoyishi, vohaning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bogʻdorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdir.

Qovunlarning “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “Toʻyona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Koʻk gulobi”, “Boʻrikalla” kabi bir-biridan shirin oʻnlab mahalliy navlari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etiladi.

Shuningdek, festival doirasida, konsert dasturlari, tasviriy sanʼat asarlari namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi, dorbozlar oʻyini, xon va ayonlari chiqishi, qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari, milliy taomlar tayyorlash boʻyicha mahorat darslari, Xorazm nonini tayyorlash boʻyicha mahorat darslari, milliy liboslar koʻrgazmasi, jonli ijrodagi sahna koʻrinishlari va boshqa madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер