KXDR har doim Rossiyaning yonida turadi — Kim Chen In

16:24 09 Fevral 2025 Dunyo
308 0

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat armiyasi tashkil topgan kun munosabati bilan KXDR Mudofaa vazirligiga tashrifi chogʻida mamlakat doim Rossiyani qoʻllab quvvatlashini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “ObozUA” nashri.

Unga koʻra, Kim Chen In Putin qoʻshinlarini Ukraina hududida “Rossiya suverenitetini himoya qilmoqda”, deb hisoblaydi.

“KXDR armiyasi va xalqi Rossiya armiyasi va xalqining oʻz suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish yoʻlidagi adolatli kurashini doim qoʻllab-quvvatlaydi va yonida turadi” — deydi Kim Chen In.

Bundan tashqari, KXDR yetakchisi AQSHni Ukrainadagi uch yildan beri davom etayotgan keskinlikni kuchaytirishda aybladi.

“AQSHning global gegemonlikka boʻlgan intilishlari Rossiya va Ukraina mojarosini tugatmaydi, aksincha davom etishiga xizmat qiladi”, — deb qoʻshimcha qiladi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, KXDR hamda Rossiya ittifoqchiligi 2025-yilda yangi darajaga koʻtarilishi hamda hamkorlikda harbiy dronlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga kelishib olgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер