Kitobxon yoshlar safi koʻpaymoqda
Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohibasi, pokistonlik Malala Yusufzay oʻz nuqtida shunday degandi:
— Bizga kitoblarimiz va qalamlarimizni bering, ular bizning eng zoʻr qurolimizdir. Bitta bola, bitta muallim, bitta kitob va bitta qalam dunyoni oʻzgartirishga qodir. Muammoning yagona yechimi maʼrifatdir.
Ne baxtki, jonajon Oʻzbekistonimizda keyingi yillarda olib borilayotgan islohot va oʻzgarishlar ushbu niyatga hamohangdir. Keyingi paytda yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu imkoniyatlardan foydalangan kitobxon sifatida 2022-yilda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida gʻolib boʻldim. Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandim. Ayni shu yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirladi.
2022-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida “Kulgichimda otadi tonglar” sheʼriy toʻplamim oʻn ming nusxada chop etildi. Markaziy Osiyo davlatlari hamda respublikamizning barcha kutubxonalariga tarqatildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan videoselektor shaklida oʻtkazgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Bu yangilik yoshlarga sermazmun asarlar yaratishga ilhom beradi.
Sevinch AVAZOVA,
“Kelajak bunyodkori” medali sohibasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring