Kino sohasida Oʻzbekiston-Hindiston hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilmoqda
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning badiiy va televizion filmlar festivali doirasida kelgusidagi hamkorlik loyihalari yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda soha mutaxassislari tomonidan koproduksiyalarni amalga oshirishdagi eng muhim jihatlarga eʼtibor qaratildi. Muhokamalar davomida Hindiston axborot va telekommunikatsiya vaziri bosh kotibi Neyerja Sekhar sohani rivojlantirishga doir masalalarga alohida toʻxtalarkan, bu borada Oʻzbekiston bilan kelgusidagi hamkorlik boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.
“Uchrashuv doirasida biz hamkorligimizni yanada rivojlantirish masalasini gaplashib oldik. Festival yakunida Hindiston «Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalida maxsus mehmon boʻlishini maʼlum qilmoqchiman. Bu esa yil davomida Oʻzbekiston va Hindiston mamlakatlarining kino sohasidagi hamkorligi bosqichma bosqich ravnaq topib borishiga imkon beradi. Shu kecha kunduzda 3 ta qoʻshma loyihamiz bor, birinchisi hindistonlik rejissyor Sarfaraz Alam va Akram Shaxnazarov tasvirga oladigan “Yulduz” badiiy filmi, ikkinchisi rejissyor Umesh Mexra tomonidan “Ali bobo va 40 qaroqchi” badiiy filmi va Pahlavon Mahmud haqidagi “Xiva langari” badiiy filmi, har uchala loyiha ham oʻzbek va hind kinoijodkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Biz festival davomida hamkorlik doirasidagi loyihalarimizni, “Yoʻl xarita”mizni taqdim etamiz. Unda aniq takliflar ilgari surilgan», – deydi vazir bosh kotibi Neyerja Sekhar.
Uchrashuv davomida hind filmlarini tarjima qilib, Oʻzbekistondagi kinoteatrlarda namoyishini qaytadan tiklash yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, soha mutaxassislari Hindistondagi kino ishlab chiqaruvchi kompaniyalar taklif etadigan xizmatlar bilan ham tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring