Kino orqali insonlarning fikrlarini oʻzgartirib yuborish mumkin — Bahodir Nishonov kino sanʼati haqida
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati hamkorligida “Bir boʻlsak — yagona yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” Respublika boʻylab yoʻlga chiqdi.
Karvonning ilk manzili Sirdaryo viloyati boʻldi. Viloyatga poytaxtdan 10 ga yaqin kinoijodkorlar, yozuvchi va ziyolilar tashrif buyurdi. Tadbirlar Guliston shahar Yoshlar markazidan boshlandi. Unda xalq sevgan ijodkor Bahodir Nishonov soʻzga chiqdi.
“Baʼzida mendan nega ijodni tanlaganimni soʻrashadi. Bu bolalik xotiralarimga bogʻlanadi. 1950-yillarda endigina televideniye chiqqan davrlarda soat 7 da butun mahalladagilar bizni hovlida yigʻilishardi. Avval “Axborot” berilardi. Undan keyin esa hind kinolari boshlanardi. Ularni hamma yigʻlab koʻrardi. Shu sabab kinoga mehr uygʻongan. Axir bu kasb egalari oʻz qahramonlari orqali insonlarni ham kuldira oladi, ham yigʻlata oladi. Shuningdek, bor yoʻgʻi bir yoki bir yarim soatlik shunday kino orqali insonlarning maʼlum mavzudagi fikrlarini butunlay boshqa tomonga oʻzgartirish mumkin. Filmlarning, ijodkorlarning shunday mahorati bor.
Ammo kinoda ijod u qilish u qadar oson emas. Hamma kasbda boʻlgani kabi biz ham turli mashaqqatlardan oʻtganmiz. Masalan, men uchun hayotda yashab oʻtgan shaxsni gavdalantirish qiyinroqdek tuyuladi. Axir uning oʻzini xarakteri, ohangi va mimikalari boʻladi. Uni toʻlaligicha oʻxshata olish uchun isteʼdod talab qilinadi”, deydi aktyor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring