Kimyo fanidan milliy sertifikat natijalari eʼlon qilindi
2024-yil 26-may kuni oʻtkazilgan kimyo fani boʻyicha milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Talabgorlar oʻz natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” boʻlimi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodikalardan biri “Rash modeli” asosida hisoblangan boʻlib, 70 balldan yuqori ball toʻplanganda A+ daraja, 65–69,9 ball A, 60–64,9 ball B+, 55–59,9 ball B, 50–54,9 ball C+, 46–49,9 ball esa C darajali sertifikatga ega boʻlishadi.
Sertifikat darajalariga qarab abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida A+, A daraja uchun tegishli mutaxassislik fanidan maksimal, B+, B, C+, C uchun esa tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, kimyo fanidan milliy sertifikatga ega abituriyent tibbiyot yoʻnalishiga hujjat topshirgan boʻlsa, toʻplagan baliga koʻra, mazkur mutaxassislik fani boʻyicha maksimal ball yoki proporsional ball olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring