Kimlardir mashhurroq boʻlgandir, Oʻzbekiston yutmadi — Alisher Qodirov “UzAuto Motors” ishi, bozordagi raqobat boʻyicha fikr bildirdi
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov shaxsiy Telegram kanalida “UzAuto Motors” tomonidan narxlarni asossiz oshirilishini toʻxtatish xususida fikr bildirdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Bobur Karimovning aytishicha, “UzAuto Motors” tomonidan narxlarni asossiz oshirilishini toʻxtatishning bitta yoʻli bor.
“Bu — boj toʻlovlarni kamaytirish. Import qilinuvchi avtomobillarga qoʻyiladigan boj toʻlovini pasaytirish kerak. Agar raqobat boʻlsa, ularni tekshirishga ham hojat qolmaydi. Raqobatning oʻzi hammasini joy-joyiga qoʻyadi. Agar shu narsa hal boʻlmasa, «UzAuto Motors” ishini har yili koʻrib chiqishimiz, sudda yutishimiz ham mumkin. Biroq bu natija bermaydi, buning davosi — bozorda raqobatni paydo qilish», — dedi Karimov.
Qodirovning fikricha, boshidan buyon takrorlanib kelayotgan fikr aynan shu. “Yoʻnalish ham aynan shu: Oʻzbekistonni Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi orqali aynan shu raqobat muhitini shakllantirish ustida ishlanmoqda, tayyorgarlik koʻrilmoqda. Shu fikrga kelish uchun shuncha shovqin, shuncha populizm... Kimlardir mashhurroq boʻlgandir, Oʻzbekiston yutmadi”, deb yozdi “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring