Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yoʻllanma olishi mumkin?

02:54 10 May 2022 Jamiyat
2610 0

Foto: Illustrativ foto

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari taqdim etiladi:

— urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

— halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

— respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

— Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;

— yadro poligonlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;

— I va II guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

— yolgʻiz keksalar;

— pensionerlar.

Yoʻllanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy boʻlinmalariga topshirilishi lozim:

— ariza;

— pasport nusxasi;

— yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

— tibbiy xulosa.

Yoʻllanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):

— urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

— respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;

— Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;

— yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan

— shaxslarga;

— yolgʻiz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):

— urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

— halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);

— I va II guruh nogironlari, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

— sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yoʻllanmalar 12 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер