Kimlar yer soligʻidan ozod qilingan?

Soliq qodeksining 436-moddasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻidan quyidagilar ozod qilindi:
urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek qonun hujjatlari bilan ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli idoraning maʼlumotnomasi asosida boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiymehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
yolgʻiz pensionerlar. Yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolgʻiz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi, shuningdek oʻzinioʻzi boshqarish idoralarining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar. Otaonasidan biri yoki otaonasi vafot etgan hamda oilada oʻn olti yoshga toʻlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʻlgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Chernobil AES (Atom elektr stansiyasi) dagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiymehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironligi boʻlgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
2020-yil 1-iyul holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy tuman (shahar) boʻlimlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 758,5 ming nafarni tashkil qilgan holda ulardan 550,0 ming nafardan ortigʻi yer soligʻi boʻyicha imtiyozdan foydalanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring