Kimlar dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega?

18:32 09 May 2023 Jamiyat
567 0

Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan 14 toifadagi shaxslar ROʻYXATI belgilangan. Bular:

1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar.

2. Sil kasalligiga chalinganlar.

3. Moxov kasalligiga chalinganlar.

4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar.

5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar.

6. OIV kasalligini yuqtirganlar.

7. Yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar.

8. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar.

9. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar.

10. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

11. 1941 — 1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.

12. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslar.

13. Baynalmilalchi jangchilar.

14. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?