Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi (+foto va video)

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida klub muxlislariga tanishtirildi.
Shu tariqa koʻplab “Qirollik klubi” muxlislarining uzoq kutgan orzulari roʻyobga chiqdi. Mbappe tibbiy koʻrikdan oʻtib, shartnoma imzolaganidan soʻng “Santyago Bernabeu”da yigʻilgan 80 mingdan ziyod muxlislarni qutladi. Taqdimotda klub prezidenti Florentino Peres va Zinedin Zidan kabi taniqli shaxslar ham ishtirok etdi.
Peres Mbappeni qutlab, Zidan 12-yil avval yosh Mbappeni mashgʻulot maydoniga qanday taklif qilganini esladi. Mbappe oʻz hayajonini izhor qildi, ispan tilida gapirdi va klubga qoʻshilganidan xursandligi bildirdi.
“Hammaga xayrli kun! Men sizlar bilan ispan tilida gaplashishga harakat qilaman. Tunu kun «Real Madrid”da oʻynashni orzu qilganman. Bugun orzuim ushaldi, men baxtliman! Men “Real” futbolchisiman! Ajoyib», dedi futbolchi.
“Real Madrid” Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan koʻp oʻtmay futbolchining liboslari Madriddagi doʻkonlarda sotuvga chiqqan va ular eng xaridorgir libosga aylangan. Uning futbolkalari narxi 170 yevrodan boshlanadi. Onlayn yetkazib berish bilan shugʻullanuvchilar bu olti haftagacha choʻzilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Mbappe oy oxirida AQSHda oʻtkaziladigan oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazib yuboradi. U 6-avgust kuni Madridda mashgʻulotlarni boshlashi kutilmoqda. Uning “Real Madrid”dagi potensial debyuti 14-avgust kuni “Atalanta”ga qarshi UYEFA Yevropa Superkubogi bahsida kuzatilishi kutilmoqda.
“Santyago Bernabeu”dagi debyuti esa La Liga doirasidagi 18-avgustdagi “Malyorka” yoki 25-avgustdagi “Real Valyadolid”ga qarshi oʻyin boʻlishi mumkin.
Avvalroq, Mbappe “Real Madrid”da qaysi raqamda oʻynashi rasman aniq boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring