Kiyev AQSHdan nodir resurslar boʻyicha kelishuvga oʻzgartirishlar kiritishni talab qilmoqda
Foto: Reuters
Ukraina AQSH sarmoyalarning katta hajmini olish uchun AQSH bilan nodir resurslar boʻyicha kelishuvga oʻzgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” vaziyatdan xabardor manbaga tayanib yozmoqda.
“Ukraina prezident Donald Tramp taklif qilgan keng qamrovli yangi iqtisodiy kelishuvga, jumladan, AQSH sarmoyasini oshirish vaʼdasiga oʻzgartirish kiritishni soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Kiyev kelishuv doirasida harbiy va iqtisodiy yordamni toʻliq qaytarishga majbur emas.
Juma kuni Ukraina rasmiylari AQSH rasmiylari, jumladan advokatlar bilan taxminan 60 sahifalik kelishuv loyihasiga aniqlik kiritish uchun videomuloqot oʻtkazdi.
Vashington tomoni Ukrainaning daʼvolariga, shu jumladan, kelishuv tufayli uning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishidagi mumkin boʻlgan toʻsiqlarga nisbatan hech qanday eʼtiroz bildirmadi. Bu AQSHning tuzatishlarga ochiqligini koʻrsatishi mumkin, deb taxmin qiladi nashr.
Shu bilan birga, manbaning taʼkidlashicha, Kiyev oʻzgartirishlar boʻyicha yakuniy takliflarni tayyorlash uchun juda koʻp mehnat talab qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring