Kichik tadbirkorlar uchun 5 mlrd soʻmgacha kredit ajratiladi

15:02 20 Aprel 2022 Jamiyat
674 0

Foto: Illustrativ foto

“Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.

Bunda:

— kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;

— banklar tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 5 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;

— tadbirkorlarning faoliyat davri 6 oygacha boʻlganda 1 milliard soʻmgacha, 6 oydan 1 yilgacha boʻlganda 2 milliard soʻmgacha, 1 yildan 2 yilgacha boʻlganda 3 milliard soʻmgacha, 2 yildan 3 yilgacha boʻlganda 4 milliard soʻmgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi;

— kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning maʼmuriy markazlaridan va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?