Xususiy oʻquv markazlaridan fuqarolarga 1,2 mlrd soʻm undirib berildi

Ayrim oʻquv markazlari fuqarolarni jalb etish maqsadida “Joylar soni cheklangan”, “3 oyda til oʻrganing”, “Kafolatlangan taʼlim” kabi boʻrttirilgan iboralardan foydalanib kelishgan.
Raqobat qoʻmitasiga qonun buzilishi yuzasidan nodavlat taʼlim muassasalariga tegishli chora koʻrmoqda. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning oʻtgan davrida xususiy taʼlim xizmatlari boʻyicha isteʼmolchilardan 500dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
Ularning aksariyati Toshkentdagi nodavlat taʼlim markazlari hissasiga toʻgʻri keladi. Bular qatorida eng koʻp murojaatlar “Newton Academy KZ”, “Merit School”, “MyTeacher Group” hamda “My Med Academy” kabi tashkilotlar faoliyati boʻyicha boʻlgan.
Shikoyatlarda taʼlim sifatining qoniqarsizligi, oʻqituvchilar malakasizligi, oʻquv xonalarining shart-sharoitlari talabga javob bermasligi, oʻquv grafigiga rioya qilinmasligi, shartnoma tuzilmaganligi hamda intizom yoʻqligi kabi muammolar bildirilgan.
Baʼzi taʼlim muassasalari tomonidan isteʼmolchilarni turli yoʻllar bilan jalb qilish niyatida reklamalarda “Joylar soni cheklangan”, “3 oyda til oʻrganing”, “Kafolatlangan taʼlim” kabi boʻrttirilgan iboralardan foydalanilmoqda, deyiladi xabarda.
Oʻrganishlar natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 1,2 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilindi. Litsenziya talablari va soliq qonunchiligini buzgan, sanitariya talablariga javob bermaydigan holatlar boʻyicha 50ga yaqin hujjatlar chora koʻrish uchun vakolatli organlarga yuborildi.
Vazirlik tomonidan oʻquv markazi faoliyati tekshirilganda, litsenziyasiz nodavlat maktabdan tashqari taʼlim xizmatlari bilan shugʻullangani va oʻqituvchilarining belgilangan sertifikati mavjud emasligi aniqlanib, markazga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Raqobat qoʻmitasi nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarni qonunchilik hujjatlari, litsenziya talablari asosida faoliyat olib borishi yuzasidan qatʼiy ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring