“Xullas telba teskarilik, uchtasi birda: oʻzi ijrochi, oʻzi deputatlar boshligʻi, oʻzi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi xolos...”
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning qarorlarini bekor qilish mumkinligi yangi qonun bilan Oliy Majlis Senatiga berilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bu haqda oʻz munosabatini bildirdi:
"Men Senat tarkibida hamon ijro hokimiyati vakili hisoblangan hokimlarning borligi va joylarda mahalliy Kengashlarga bir vaqtning oʻzida hokimlar raislik qilishda davom etayotgani uchun bu yangi qonunni Oʻzbekistonda hokimiyatlar oʻrtasida tiyib turish prinsipining buzilishiga olib keladigan yana bir qadam, deb hisoblayman. Hech boʻlmaganda bu vazifani hozircha ijro hokimiyati vakillari yoʻq boʻlgan Qonunchilik palatasi qilgani maʼqulroq edi.
Ayniqsa «snos» masalasida qaror qabul qilish mahalliy kengashlardagi deputatlar ixtiyoriga berilayotgan bir paytda, hokimlar oʻzlarining “buzish” ishlarini deputatlar qoʻli orqali qilishi, agar kengash boshqa qaror qabul qilsa ham Senatda senator sifatida Kengash qarorini bekor qilish imkoniyatini oshirishi mumkin.
Xullas telba teskarilik, uchtasi birda: oʻzi ijrochi, oʻzi deputatlar boshligʻi, oʻzi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi xolos...
Uzoq va yaqin kelajakni oʻylamay qilinayotgan ish boʻlsa ham afsuski... qonun qabul qilinyapti".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring