Xotin-qizlar bandligi doimiy eʼtiborda
Jalaquduq tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman hokimining oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Zarduna Ismoilova rahbarligida 30 nafar ishsiz ayol “Fortuna Co Textile Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirildi. Bu esa opa-singillarimizning mehnat bozoridagi ishtiroki va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
— Ilgari uyda farzandlarim bilan boʻlib, ishsiz edim, — deydi korxonada yangi ish boshlagan Raʼno Xoliqova. — Endi esa tikuvchi sifatida doimiy ish joyiga ega boʻldim. Korxonadagi sharoitlar barchaga maʼqul keladi. Eng muhimi, oilamga moddiy yordam berish imkoni yaratildi. Bu ish menga ishonch va yangi maqsadlar bagʻishladi.

“Fortuna Co Textile Invest” MCHJ trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, unda 250 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi qoʻshni mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Bu esa tumanda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring