Xorijda ishlash niyatida boʻlgan fuqarolar litsenziyasiz konsalting firmalarga aldanib qolmasligi uchun nimalarga eʼtibor berishi kerak?

Litsenziyaga ega boʻlmagan shaxs yoki kompaniyalar tomonidan xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini taklif etish taqiqlangan. Ammo amalda fuqarolarni katta pul evaziga ishga yuboraman, deb vaʼda berib, xizmat koʻrsatmasdan ularni chuv tushirish holatlari uchrab turibdi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bunday holatlarda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida tavsiyalar berdi.
Xorijda ishlash niyatida boʻlgan fuqarolarimizdan quyidagilarga eʼtiborli boʻlishlari soʻralgan:
- Ish beruvchi yoki vositachining huquqiy maqomi va ishonchliligini albatta tekshiring.
- Taklif etilayotgan ish shartlari bilan (yuzma-yuz yoki onlayn) yozma mehnat shartnomasi orqali tanishib chiqing.
- Shartnoma tuzishdan oldin imkoni boʻlsa, yurist maslahatidan foydalaning.
- Shubhali va hujjatsiz takliflardan qatʼiy voz keching.
Shuningdek, xorijiy davlatlarga qonuniy tartibda ishlash uchun bormoqchi boʻlgan vatandoshlarimiz elektron platformadan “xorijdaish.uz” sayti orqali zarur maʼlumotlarni olishlari mumkinligi eslatib oʻtilgan.
“Hurmatli isteʼmolchilar, Sizdan har qanday shaxslar yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan chet elga ishga yuborish boʻyicha bildiriladigan asossiz takliflarga aldanib qolmaslik, huquqiy savodli boʻlishni, shartnomaning bandlarini chuqur oʻrganishni soʻrab qolamiz”, — deyiladi qoʻmita ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring