Xorazmning uch tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Bugun, 18-mart kuni Xorazm viloyati xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masalalar koʻrildi hamda viloyatning uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqida Xorazm viloyati hokimligi xabar berdi.
Unga koʻra, Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximovning tavsiyasiga binoan Abdullayev Maqsudbek Hojiyevich Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Maqsudbek Abdullayev Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan Tuproqqalʼa tumanidagi “NEW BEST STYLE” MCHJ taʼsischisi hisoblanadi.
Davlatov Ulugʻbek Jumaniyozovich Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Ushbu lavozimga tasdiqlangunga qadar Davlatov Ulugʻbek Jumaniyozovich Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Davlatov Muradbek Saparboyevich Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida soʻzga chiqqanlar yuqoridagi nomzodlarni yakdillik bilan qoʻllab- quvvatladi”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring