Xorazmda yuk mashinasi yonib ketdi
Xorazm viloyati Urganch tumanida “KamAZ” yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 22-aprel kuni soat 18:16 da Urganch tumani “Turkmanlar” mahallasi hududidan oʻtgan D214 Urganch-Yangiariq yoʻlining 4 kilometrida yuz bergan.
“KamAZ” rusumli yuk mashinasi harakatlanib borayotganida old gʻildiragi shinasi havo qoʻyib yuborishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi ariqqa tushgan. Shundan soʻng mashinaning elektr simlarida qisqa tutashuvi yuzaga kelib, yongʻin sodir boʻlgan.
Yongʻin tufayli yuk avtomashinasi kabina qismi yonib zararlangan. Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring