Xorazmda “Soliq servis” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi qoʻlga tushdi
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan “Soliq servis” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi oʻz lavozim vakolatlaridan noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda DXX xabar berdi.
U soliq idoralaridagi tanishlari orqali ikki nafar mahalliy fuqaroga, ular ilgari hech qayerda ishlamagan boʻlsalarda, 2025-yil yanvaridan iyun oyigacha boʻlgan davr uchun ish haqi hisoblab berishini va bu haqda rasmiy maʼlumotnoma tayyorlab berishini vaʼda qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida bosh mutaxassis ushbu “xizmati” evaziga 12 million 500 ming soʻm olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur ish noqonuniy ravishda mehnat staji va rasmiy ish haqi hujjatlari tayyorlashga urinishning oldi olinganini koʻrsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring