Xorazmda “Prezident archasi” bayram tadbiri oʻtkazildi

16:52 25 Dekabr 2024 Jamiyat
447 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatining shahar va tumanlarida ham Yangi yil bayrami shukuhi kezmoqda. Har bir hududda Yangi yil archalari oʻrnatilib, koʻcha va xiyobonlar ertakmonand qilib bezatilgani, oʻziga xos yorqin ranglardagi chiroqlar yogʻdusi yurtdoshlarimizga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.

Bolajonlar uchun anʼanaviy “Prezident archasi” tadbiri Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida boʻlib oʻtdi. Bayram dasturiga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, chin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va ehtiyojmand oilalarning farzandlari taklif etildi.

Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga Prezident sovgʻalarini topshirdi. Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, ertak qahramonlarining chiqishlari bolajonlarga bir olam zavq ulashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер