Xorazmda erkak ehson qutisidagi pullarni oʻgʻirlamoqchi boʻldi

11:11 26 Sentyabr 2024 Jamiyat
120 0

Foto: Milliy gvardiya

Xorazm viloyati Gurlan tumanida ehson qutisidagi pullarni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan erkak qoʻlga tushdi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 25-sentyabr kuni soat 06:15 larda Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida xizmat olib borayotgan qoʻriqlash xodimi ziyoratgohga tegishli ehson qutisini ochishga urinayotgan shaxsni qoʻlga olgan va navbatchilik qismiga xabar bergan.

Shundan soʻng voqea joyiga Shovot tumani qoʻriqlash boʻlimi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari yetib kelgan. Holat oʻrganilganda, ehson qutisidagi pullarni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. (erkek) ekani maʼlum boʻlgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?