Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi
Videodan kadr
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi oʻzining noqonuniy hatti-harakatlari evaziga fuqarodan 135 ming AQSh dollari talab qilib, pullarning 80 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida xabar berildi.
Bosh mutaxassis tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli boʻlgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan MChJga qarashli 960 metr kvadrat boʻsh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga oʻtkazib, u yerda koʻp qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan. U buning evaziga 135 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu kabi huquq-tartibot idoralari tomonidan Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani boʻlimi bosh mutaxassisi xizmat mavqeyidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini koʻtarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud boʻlmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirgi kunda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring