Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda oʻrnatilgan quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt elektr va gaz tejalmoqda

17:09 10 Iyun 2024 Siyosat
460 0

Prezident raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida energiya samaradorligi, koʻp qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Oʻtgan yili elektr va gazni tejash boʻyicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda oʻrnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.

Sanoat korxonalari ham «yashil energiya» manbalarini joriy qilmoqda. Masalan, «Oʻzbekkoʻmir» tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari oʻrnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.

Lekin ayrim hududlarda ishlar sust boʻlgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi toʻliq bajarilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?