Xonadondagi ichimlik suvi isteʼmolga yaroqlimi?

13:57 30 Iyul 2024 Jamiyat
83 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Mahallalar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida Memorandum imzoladi. Unga koʻra, oʻzaro hamkorlikda hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi manfaatini himoya qilish borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Memorandum ijrosini taʼminlash maqsadida inspeksiya mutaxassislari tomonidan shahar, tumanlarda aholining ichimlik suvi sifati oʻrganilmoqda. Xususan, Beshariq tumanining “Yakkatut”, “Ҳ.Олимжон”, “Vatan”, “Qoraqoʻyli” va “Doʻstlik” MFYlarida inspeksiyalari mutaxassislari tomonidan “Fargʻona suv taʼminoti” AJga qarashli ichimlik suv inshootlarida zararsizlantirish uskunalarining holati, ishlash jarayonlarini oʻrganish boʻyicha nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

“Fargʻona suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati Beshariq tuman boʻlimiga qarashli “Qoraqoʻyli” mahalla fuqarolar yigʻinining Bunyodkor koʻchasi, “Vatan” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Bogʻishamol koʻchasida joylashgan ichimlik suv inshootlaridagi zararsizlantirish uskunalarining ishlash jarayonlari oʻrganildi. Yaqin kunlarda yakunlari boʻyicha huquqiy xulosa beriladi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Quvasoy shahar boʻlimi bilan hamkorlikda bunday tadbirlar Quvasoyda davom ettirildi.

— “Fargʻona suv taʼminoti” Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati boʻyicha aholi xonadonlaridan suv namunalari olindi, — deydi Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassisi Sherzod Qoraboyev. — Hozirda ichimlik suvi sifatining belgilangan sanitariya meʼyorlariga muvofiqligini aniqlash borasida laboratoriya tahlillari olib borilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad aholi xonadonlarida isteʼmol qilinayotgan ichimlik suvi sifatini yaxshilash, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?