Xivada Markaziy Osiyo davlatlarining forumi boshlandi
Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Ikkinchi parlamentlararo oʻtkazilayotgan forumda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston parlamentlari rahbarlari va delegatsiyalari, shu jumladan, yoshlar parlamenti va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva oʻqib eshittirdi.
Oliy Majlis Senati Raisi anjuman doirasida soʻzga chiqib, bugungi kunda mintaqaning barcha davlatlari oʻzining kelgusi taraqqiyotini bevosita Markaziy Osiyo mintaqasining barqarorligi va farovonligiga uzviy bogʻliq holda koʻrishini, davlat rahbarlarining oliy darajada erishayotgan kelishuvlarini samarali amalga oshirish, hamkorlik formatlarini yanada rivojlantirishda parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Shundan soʻng har bir davlat delegatsiyasi rahbari oʻz kirish soʻzida forumning ahamiyati, undan kutilayotgan natijalar, maqsad va vazifalariga toʻxtaldi.
Qayd etish joizki, forum Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik guruhlari, davlat hokimiyati vakillik organlari, yoshlar parlamentlari hamda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish maqsadini koʻzlaydi.
Ayni vaqtda anjuman oʻz ishini 4 ta panel sessiya doirasida davom ettirmoqda.
Forum natijalari boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikning yangi shakllari va yoʻnalishlarini ishlab chiqiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik guruhlari va mahalliy vakillik organlarining faol ishtirokini kengaytirishga qaratilgan takliflar oʻrganiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlar parlamentlari va guruhlarining mintaqa parlamentlari rahbarlariga murojaatlarini yuboradi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xotin-qizlar va yoshlarning rolini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Forum yakunida Xiva deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Senatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring