Xitoyning AQSH kompaniyalariga qarshi tergovi va Trampning yangi nishoniga aylanayotgan Yevropa Ittifoqi

16:44 04 Fevral 2025 Dunyo
104 0

Foto: AP

Seshanba kuni Xitoy AQSHning Xitoy tovarlariga boʻlgan yangi bojlariga tezkor javob sifatida AQSH importiga tariflar joriy etishini eʼlon qildi. Natijada prezident Donald Tramp Xitoyni noqonuniy giyohvand moddalar oqimini toʻxtatmagani uchun jazolamoqchi boʻlganligi sababli, dunyoning ikki yetakchi iqtisodiyoti oʻrtasidagi savdo urushi ehtimoli yuzaga keldi.

AQSHning Xitoy mahsulotlariga 10 foizlik tariflari kuchga kirgandan bir necha daqiqa oʻtib, Xitoy moliya vazirligi AQSHning koʻmir va suyultirilgan tabiiy gazi uchun 15 foiz, xom neft, qishloq xoʻjaligi uskunalari va baʼzi avtomobillar uchun 10 foizlik yigʻim joriy etishini maʼlum qildi. Vazirlikning bildirishicha, AQSH eksportiga yangi tariflar 10-fevraldan boshlanadi.

Xitoy, shuningdek, Qoʻshma Shtatlarning bir qancha brendlari uchun monopoliyaga qarshi tergov boshlanganini eʼlon qilgan. Ular ichida Google ham bor.

Undan tashqari Xitoy Savdo vazirligi va uning Bojxona boshqarmasi milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun volfram, tellur, molibden va ruteniy bilan bogʻliq mahsulotlarga eksport nazorati oʻrnatayotganini aytdi.

Dushanba kuni Tramp Meksika va Kanadaga 25 foizlik tariflar tahdidini chegara va jinoyatni tartibga solish boʻyicha imtiyozlar evaziga 30 kunga kechiktirdi. “Prezident sifatida barcha amerikaliklarning xavfsizligini taʼminlash mening masʼuliyatim va men buni qilyapman. Bu dastlabki natijadan juda mamnunman”, — deydi Tramp.

U 2018-yildagi birinchi hukmronlik davrida AQSHning yirik savdo profitsiti tufayli Xitoy bilan ikki yillik shafqatsiz savdo urushini boshlagan edi. Buning natijasida yuzlab milliard dollarlik tovarlarga bojlar joriy etilgan va jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazilgan.

Ushbu savdo urushini tugatish uchun Xitoy 2020-yilda AQSH tovarlariga yiliga qoʻshimcha 200 milliard dollar sarflashga rozi boʻlgan, ammo oʻtgan oygi Xitoy bojxona maʼlumotlariga koʻra, COVID-19 pandemiyasi rejani buzgan va uning yillik savdo kamomadi 361 milliard dollarga yetgani maʼlum.

Prezident Tramp yakshanba kuni Yevropa Ittifoqi uning navbatdagi nishoni boʻlishini aytib, AQSH bojlariga tayyor turishini bildirgan. Oq uy rahbari shu oʻrinda 2020-yilda ittifoqni tark etgan Buyuk Britaniya tariflardan qutulib qolishi mumkinligiga ishora qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер