Xitoylik sayyohlar oqimini koʻpaytirish va ular uchun qulayliklar yaratish muhokama etildi
Oʻzbekiston va Xitoy davlatlari oʻrtasida turizm munosabatlarini yanada rivojlantirish ulkan salohiyat mavjud. Shu boisdan bugungi kunda ikki tomon ham imkoniyatlardan samarali foydalanish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari U.Azamov Xitoyning yetakchi kompaniyasi – ArtyBright Travel rahbariyati va Markaziy Osiyo yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislari bilan uchrashdi.
Xitoyda uzoq davom etgan pandemiyadan soʻng 2023-yilning martidan boshlab xitoylik sayyohlarning xorijga chiqishlari uchun qoʻyilgan barcha cheklovlar bekor qilindi. Shuningdek, mamlakatga kirish uchun ham talablar yumshatildi. Shu boisdan mintaqadan Oʻzbekistonga ham katta sayyohlar oqimi kirib kelishi kutilmoqda.
Uchrashuv davomida Xitoydan Oʻzbekistonga keladigan sayyohlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida mamlakatimizning turistik salohiyati, tarixiy shaharlari va madaniy merosi haqida xitoy tilida toʻliq maʼlumot beruvchi gidlar tayyorlash masalasi alohida koʻrib chiqildi.
Bunda mamlakatdagi oliy taʼlim muassasalari hamda tur kompaniyalar bilan hamkorlikda xitoy tilini biladigan gidlar tayyorlashni jadallashtirish, xitoy tilida axborot materiallarini nashr etish, akademik muassasalar, jumladan, Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro universiteti oʻrtasida akademik almashinuvlarni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Shuningdek, Xitoy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston toʻgʻrisida media materiallarni koʻpaytirish, xitoylik jurnalist va blogerlar uchun Oʻzbekiston boʻylab info-turlar tashkil etish, sayyohlar uchun turistik obyektlarda xitoy tilida maʼlumot beruvchi koʻrsatkichlar oʻrnatish, ular uchun maxsus suvenirlar tayyorlash masalalari muhokama etildi.
Xitoydan avtomototuristlar ishtirokida transchegaraviy sayyohlik avtoturlarini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega Qirgʻiziston va Oʻzbekiston bilan hamkorlikda yangi yoʻnalishni ochish borasida kelishib olindi.
Bundan tashqari ikki mamlakat oʻrtasida sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turli shaharlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring