Xitoyda qarovsiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Bildirilishicha, Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida Vatanga qaytarilgan bolalardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududida qiyin vaziyatda qoliob ketgan bo'lgan.
Agentlik voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlarini o‘rganib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganini baholamoqda.
Ta’kidlanishicha, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgan. Yaqin kunlarda Rossiyadan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring