Xitoyda oʻtkazilgan global turizm konferensiyasida Oʻzbekiston sayyohlik salohiyati taqdim etildi

16:10 02 May 2023 Madaniyat
834 0

Konferensiyada Xitoy sayohat xizmatlari assotsiatsiyasi (CATS – China Association of Travel Services) Bosh kotibi Guychjen Sun xonim va Gansu provinsiyasi Partiya qoʻmitasi va Milliy turizm maʼmuriyati rahbarlari qatnashda va  nutq soʻzladi.   Shuningdek, tadbirda Xitoydagi 10 ga yaqin chet el diplomatiya vakolatxonalari, 10 dan ziyod jahon sayyohlik assotsiatsiyalari, 53 ta markaziy va hududiy OAV vakillari hamda 230 ga yaqin mahalliy turizm firma va kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada pandemiyadan keyingi davrda global turizm sanoatini qanday tiklash borasida fikrlar almashilib, soha ekspertlarning mulohazalari tinglandi.

Har bir davlat oʻz turizm sanoatini rivojlantirishi uchun ushbu sohada qulay siyosat yuritishi yaʼni koʻproq chet ellik sayyohlarni jalb qila oladigan turizm mahsulotlari va xizmatlarini yaratishi, xususan, yangi marshrutlar ochish, toʻlovlar, viza siyosatini yengillashtirish hamda mahalliy epidemiya bilan bogʻliq cheklovlarni bekor qilishi borasida zarur tavsiyalar bildirildi.

Tadbirda soʻz olgan Oʻzbekiston diplomatlari xitoy tomoni rasmiylari va sayyohlik agentliklari vakillarini mamlakatimizda soʻnggi yillarda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Jumladan, tadbir ishtirokchilariga 2021-yilning 1-martidan boshlab Oʻzbekistonda xitoyliklar uchun 10 kungacha vizasiz rejim (Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan XXR, shu jumladan XXRning Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilangan) mavjudligi yetkazildi.

Oʻzbekiston tarixiy Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgan mamlakat sifatida Xitoy bilan sayyohlik almashinuvini kengaytirishdan manfaatdor ekanligi taʼkidlanib, har ikkala mamlakat ham ushbu sohadagi hamkorlik uchun ulkan salohiyatga egaligi taʼkidlandi.

Konferensiya doirasida Oʻzbekistonning turli hududlaridan tarixiy qiyofa va obidalar nusxalarini oʻz ichiga qamrab olgan Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” sayyohlik majmuasi haqida xitoy tilida tayyorlangan video lavhani namoyish etildi. Oʻz navbatida, Xitoy sayohat xizmatlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Guychjen Sun xonim Ipak yoʻli boʻylab joylashgan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 30 ga yaqin Xitoy sayyohlik kompaniyasi vakillarining Oʻzbekistonga amaliy safarini  tashkil qilish rejasini  maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?