Xitoyda AQSH elchisining elektron pochtasi hujumga uchradi

14:31 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
320 0

Xitoy hukumatiga aloqador xakerlar AQSH Pekindagi elchisi Nikolas Bernsning elektron pochtasini buzib, yuz minglab yozishmalarni qoʻlga kiritgan, deb yozmoqda “Wall Street Journal”.

Xabarda kiber buzgʻunchilardan Davlat departamenti Sharqiy Osiyo yoʻnalishi boʻyicha kuratori Deniyel Kritenbrink ham jabr koʻrgani aytilmoqda.  

Ikkala diplomatning ham elektron pochtasida maxfiy hisoblanmagan hujjatlar saqlangan, biroq xakerlar amerikalik mansabdor shaxslar tashriflarini rejalashtirish boʻyicha maʼlumotlarni qoʻlga kiritib, ikki tomonlama munosabat boʻyicha idora ichidagi muloqot tafsilotidan xabar topishga muvaffaq boʻlgan, deyiladi maqolada.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?