Xitoyda 3000-yillik qadimiy yoʻl qoldiqlari topildi

00:36 28 Dekabr 2024 Dunyo
556 0

3 ming yil avval qurilgan yoʻl qoldiqlari xitoylik arxeologlar tomonidan topilgan. Bu kashfiyot Xenan provinsiyasining Anyang shahrida amalga oshirilgan. Qadimgi yoʻl shimoldan janubga oʻtgan.

Yoʻl yuzasida gʻildirak izlari bor. U boʻylab 1,6 km uzunlikdagi ariq qazilgan. Olimlarning fikricha, bu Shang (Yin) sulolasi (miloddan avvalgi 1600 — 1046-yillar) poytaxti oʻrnida topilgan eng uzun shahar koʻchasidir.

Yoʻlning topilishi boshqa arxeologik topilmalar qatori olimlarga qadimiy shahar koʻchalari tartibini yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Shunday qilib, u yerda shimoldan janubga bir-biriga parallel boʻlgan uchta asosiy magistral qurilgan. Shuningdek, sharqdan gʻarbga olib boruvchi uchta yoʻl bor edi, deya xabar beradi Sinxua.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер