Xitoy Oʻzbekistonni sayohat tavsiya etilgan mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshdi
Foto: Arxiv surat
Xitoy hukumati tomonidan chet davlatlarga, xususan, Oʻzbekistonga guruhli sayohatlar qayta tiklandi.
2023-yil 15-martdan Xitoy sayyohlik agentliklari va onlayn sayohat xizmati provayderlari test rejimida guruhli turlar sayohatlarini tashkil qilishni davom ettirmoqda.
Taʼkidlash kerakki, Xitoy fuqarolari guruh boʻlib jami 40 ta, xususan, Oʻzbekiston, Nepal, Bruney, Vyetnam, Moʻgʻuliston, Eron, Iordaniya, Tanzaniya, Namibiya, Mavrikiy, Zimbabve, Uganda, Zambiya, Senegal, Qozogʻiston, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Serbiya, Xorvatiya, Fransiya, Gretsiya, Ispaniya, Islandiya, Albaniya, Italiya, Daniya, Portugaliya, Sloveniya, Vanuatu, Tonga, Samoa, Braziliya, Chili, Urugvay, Panama, Dominika, Salvador, Dominika, Bagama orollari kabi davlatlarga sayohat qilishlari mumkin.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda xitoylik sayyohlar uchun ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida viza rejimi bekor qilingan. Bundan tashqari, Sian – Toshkent – Sian yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyilgan. Bu va boshqa chora-tadbirlarning natijasi oʻlaroq xitoylik sayyohlarning yurtimizga tashrifi ortib bormoqda.
Xususan, 2018-yilda 32,5 ming nafar xitoylik sayyoh Oʻzbekistonga kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2019-yilda 1,7 barobarga ortib, 54,3 ming nafarni tashkil qildi. 2021-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli xitoylik turistlar oqimi 3,6 ming nafargacha kamaydi. Ammo 2022-yilda yana bu raqamlar oshdi — Xitoydan Oʻzbekistonga 5,4 ming nafar turist tashrif buyurdi.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, xitoyliklarning yurtimizga sayohati iqtisodiyotga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Jumladan, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Statistika agentligining tadqiqotiga muvofiq, Oʻzbekistonda boʻlish davomida 1 nafar xitoylik sayyoh turizm xizmatlari uchun oʻrtacha 1,1 ming AQSH dollari sarflaydi. Oʻz navbatida 2023-yilda yurtimizga 100 ming nafar xitoylik turistlarni jalb qilish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring