Xitoy milliy jamiyati bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi
BMTning choʻllanish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Xitoyning choʻl sanoati va qum boʻroniga qarshi kurash milliy jamiyati raisi An Fendzi bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda yerlarning degradatsiyasi va barqaror yer boshqaruvi boʻyicha tadqiqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va Oʻzbekistonning chang va qum boʻronlari xavfi yuqori boʻlgan hududlarida qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, Xitoyning choʻl sanoati va qum boʻroniga qarshi kurash milliy jamiyati Xitoyda choʻllanishning oldini olish boʻyicha yagona jamiyat boʻlib, 1992-yilda tuzilgan. Faxriy rais – Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qoʻmitasi raisining sobiq oʻrinbosari Syu Szyalu. Jamiyat yaratish toʻgʻrisidagi qaror 1950-yilda Xitoyning gʻarbiy qismida kuchli qum-chang boʻronlari sodir boʻlganidan keyin paydo boʻlgan.
Taʼkidlash joizki, jamiyat milliy darajadagi akademik, jamoat va notijorat tashkilotdir. Uning tarkibiga choʻllanishga qarshi kurash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, olimlar, tadbirkorlar kiradi.
Yigʻilishda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan choʻllanish va qum boʻronlariga qarshi kurashish strategiyasi qabul qilingani, unda fermerlar va xususiy sektor uchun yaylovlarni subsidiyalash, shaxsiy yaylovlarni taqiqlash nazarda tutilgani, chorva mollarini koʻpaytirish va jamoaviy chorvachilikni yaratish (sovxozlarni tashkil etish), shuningdek, ilgari haydalgan yer uchastkalarida oʻrmon va oʻt qoplamini tiklash taʼkidlandi.
Oʻz navbatida Aziz Abduhakimov Xitoy tomonini Oʻzbekistonning janubiy qismida chang va qum boʻronlari tahdidlarining kuchayishi va boshqa hududlarda ham jadalligi hamda milliy tashabbus doirasida bu ekologik muammoga qarshi kurash boʻyicha nazorat choralaridan biri — “Yashil makon” va uning respublikada amalga oshirilishining borishi haqida batafsil maʼlumot berdi. Vazir, shuningdek, jamiyat yer va umuman tabiat bilan munosabatlarini qayta koʻrib chiqish zarurligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Ekologiya vazirligi va jamiyat oʻrtasida choʻllanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-amaliy hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum ishlab chiqish va imzolash orqali tez orada yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring