Xitoy AQSHning tahdidlari fonida «oxirigacha kurashishga» vaʼda berdi

13:49 08 Aprel 2025 Dunyo
121 0

Illyustrativ foto

Xitoy savdo vazirligi AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoyga qoʻshimcha 50 foizlik boj joriy etish haqidagi tahdidlariga javoban “oxirigacha kurashishga” vaʼda berdi.

“AQSHning Xitoyga bojlarni oshirish haqidagi tahdidi notoʻgʻri va yana bir bor Qoʻshma Shtatlarning shantaj xarakterini koʻrsatmoqda. Xitoy bunga hech qachon rozi boʻlmaydi. Agar AQSH bunga qatʼiy jazm etsa, Xitoy oxirigacha kurashadi”, — deya qayd etdi vazirlik.

Vazirlik vakilining qoʻshimcha qilishicha, Vashingtonning Pekinga bojlar joriy etishi hech qanday asosga ega boʻlmagan “bir tomonlama qoʻrqitishning odatiy amaliyoti”dir. Agar AQSH oʻz siyosatini qatʼiylashtirsa, Xitoy oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qarshi choralar koʻradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyni oʻzi joriy etgan 34 foizlik bojlardan voz kechishga chaqirgan, aks holda Qoʻshma Shtatlar Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga boj toʻlovlarini yana 50 foizga oshiradi. Qoʻshimcha 50 foizlik boj prezident tomonidan Xitoyning barcha importlariga joriy qilgan 34 foiz, shuningdek, amalda boʻlgan 20 foizlik bojga qoʻshimcha boʻladi. Natijada, Xitoy uchun umumiy tarif 100 foizdan oshishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер