Xitoy AQSHga javoban uning tovarlariga 125 foizlik bojlar joriy etdi
Oq uy Xitoy tovarlariga boj stavkalarini 145 foizga oshirganidan soʻng, Pekin ham AQSHdan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 125 foizlik bojxona toʻlovlarini joriy etdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi.
Bojlar joriy etilishidan avval Xitoyning AQSH tovarlariga nisbatan boj stavkalari barcha mahsulotlarga tatbiq etilmagan va asosan 10 yoki 15 foizni tashkil etgan.
Nashrning Xitoy savdo vazirligiga tayanib yozishicha, Vashingtonning haddan tashqari yuqori tariflardan foydalanishi iqtisodiyotni raqamlar oʻyiniga aylantirib yubordi va bu yana davom etsa, Xitoy bunday choralarni eʼtiborsiz qoldiradi.
Taʼkidlash joiz, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi har yili qariyb 700 milliard dollarni tashkil etib kelgan. Agarda bunday tanglik kelishuv asosida hal etilmasa, AQSH va Xitoy isteʼmolchilari hamda korxonalar katta hajmdagi xarajatlarga duch kelishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring